Jara

„Jara“ musiqa festivali
ruscha: Жара
Janr Pop musiqa
Joy Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon, Baku
Olmoniya bayrogʻi Germaniya, Düsseldorf
Monako bayrogʻi Monako
BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari , Dubai
Rossiya bayrogʻi Rossiya , Sochi
Turkiya bayrogʻi Turkiya, Bodrum
Oʻtkazilgan yillar 2016-yildan
hozirgacha
Maksimal tomoshabinlar 12 000 dan ortiq kunlik tomoshabinlar va 150 000 000 dan ortiq teletomoshabinlar
Vebsayt https://zhara.tv/

Jara (ruscha: Жара) — har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro musiqiy festival. 2016-yilda[1] rossiyalik va ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan asos solingan[2][3][4]. Festival ilk bor 2016-yil 9-10-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtgan.

Festival Crocus Group tarkibiga kiruvchi Jara ekotizimining bir parchasidir. Festivalda 150 dan ortiq sanʼatkorlar qatnashgan boʻlib, kunlik 12 000 dan ortiq tomoshabinlarni, Rossiya hamda MDH davlatlaridan jami 150 000 000 dan ortiq teletomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan. Festivalning translyatsiyasi Birinchi kanalda berib borilishi belgilangan[5][6][7].

Ushbu festivalning asosiy mehmonlaridan biri — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov[8].

  1. Елена Родина. „Фестиваль российской музыки в Баку“. Известия (2016-yil 12-iyul).
  2. „Эмин Агаларов потратил на фестиваль "Жара" в Баку $5 000 000“. Life.ru (2017-yil 2-avgust). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  3. „В эфире начинается «Жара»“. Коммерсантъ (2018-yil 7-fevral). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  4. Денис Сидоров. „Эмин Агаларов дал «Жару»: во сколько бизнесмену обходится певческая карьера“. Forbes (2017-yil 4-oktyabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  5. „Международный музыкальный фестиваль «Жара»“. Первый канал.
  6. „Международный музыкальный фестиваль «Жара». Гала-концерт. Выпуск от 09.08.2019“. Первый канал (2019-yil 9-avgust). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  7. „Первый канал покажет «Жару 2019»“. InterMedia (2019-yil 30-iyul). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  8. „В Дубае прошел фестиваль "Жара" с участием российских артистов“ (ru). РИА Новости. Qaraldi: 2019-yil 14-may.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy