Uvaysiy

Uvaysiy (Jahon otin)
Tavalludi
Jahon

1781
Vafoti 1845
Margʻilon
Taxallusi Uvaysiy
Kasbi shoira
Ijod qilgan tillari chigʻatoy tili
Fuqaroligi Qoʻqon xonligi
Yoʻnalish gʻazalnavislik
Janr oʻzbek klassik sheʼriyati
Turmush oʻrtogʻi Hojixon (ajrashgan)
Bolalari Muhammad, Quyoshxon
Ota-onasi Siddiqbobo, Chinnibibi
Qarindoshlari Oxunjon (akasi)

Uvaysiy (asl ismi Jahon; xalq orasida Jahon otin sifatida tanilgan) (1779 – Margʻilon – 1845) – atoqli oʻzbek shoirasi, oʻzbek shoirlari murabbiysi, maʼrifatparvar. XVIII-XIX asrlarda Oʻrta Osiyodagi hozirgi davlatlar oʻrnida Buxoro, Qoʻqon va Xiva xonliklari mavjud edi. XIX asr boshlarida, Qoʻqon xonligi taxtiga Umarxon oʻtirgan davrda ilm-maʼrifat, adabiyot, ma- daniyat rivojlandi. Shu bilan birga, xonlikdagi ichki ziddiyatlar, oddiy xalqqa adolatsiz munosabat oʻlkada ogʻir ijtimoiy muhitning paydo boʻlishiga ham olib keldi. Jahon otin (taxallusi Uvaysiy, Vaysiy, 1779-1845) Margʻilonda tavallud topgan. Uvaysiy oilasidagi maʼrifatli muhit uning kelajakda yetuk shoira va oʻz davrining bilimdon ayoli boʻlib ye- tishishida muhim ahamiyat kasb etgan. Shoira- ning onasi zamonasining oʻqimishli ayollaridan biri boʻlib, otinlik qilgan, yaʼni qizlarga taʼlim be- rish bilan shugʻullangan. Jahonning yoshligidan bilim olishga ishtiyoqi baland boʻlib, dastlabki savodini oʻz oilasi yordamida chiqargan, otasi va akasidan musiqa, sheʼriyat ilmini oʻrgangan.

Keyinchalik Uvaysiy Qoʻqon xoni Umarxon- ning rafiqasi, shoira Nodirabegim va boshqa ijod- kor ayollarga sheʼriyat ilmidan dars berdi. Oʻzi esa muammo sheʼrda fikrni yashirin ifodalash sanʼatini mukammal egalladi.

Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga sheʼriyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. 65 yoshida Margʻilonda vafot etgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy