Via

Via, vokal-instrumental ansambl — musiqiy estrada jamoasi. Ishtirokchilari oʻzlari chalayotgan soz (asosan elektrogitara)lar joʻrligida kuylashadi. 1960-y.larda chet elrok-musiqasi taʼsirida (sobiq Ittifoq respublikalarida) tashkil topgan. Dastlab yoshlar musiqa havaskorligi shaklida (oʻquv yurtlarida, madaniyat uylarida), keyinchalik professional, sahnaviy musiqa ijrochiligi tarzida rivojlangan. Repertuaridan yoshlar hayoti mavzuidagi qoʻshiq va ashulalar, kompozitorlarning estrada asarlari, qayta ishlangan xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. "Pesnyari" (Belarus), "Veselie rebyata" (Moskva), "Dos-Mukasan" (Olmaota), Oʻzbekistonda — "Yalla" (1971), "Navo" (1976), "Sado" (1981) kabi V.lar mashhur.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy