Albert Einstein

Albert Eynshteyn

Eynshteyn 1921-yilda
Tavalludi 14-mart 1879-yil
Ulm, Württemberg qirolligi, Germaniya imperiyasi
Vafoti 18-aprel 1955-yil(1955-04-18)
(76 yoshda)
Princeton, New Jersey, AQSh
Dafn etilgan joyi Germaniya imperiyasi[1], fuqaroligi boʻlmagan shaxslar[2], Shveysariya, Cisleithania[1], Veymar Respublikasi[3], Germaniya[4] va AQSh[1]
Istiqomat joylari Germaniya, Italiya, Shveytsariya, AQSH
Fuqaroligi Olmoniya bayrogʻi Germaniya (1879-96, 1914-33)
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya (1901-55)
AQSH bayrogʻi AQSh (1940-55)
Sohasi Fizika
Taʼlimi ETH Zürich
Akademik rahbarlari Alfred Kleiner
Mashhur ishlari Umumiy nisbiylik nazariyasi
Xususiy nisbiylik nazariyasi
Brown harakati
Fotoelektrik effekt
Massa-energiya ayniyati
Eynshteyn maydon ayniyatlari
Bose–Eynshteyn statistikasi
Mukofotlari Fizikadan Nobel mukofoti (1921)
Copley medali (1925)
Max Planck medali (1929)

Albert Eynshteyn (talaffuzi: Albert Eynshteyn; 14-mart 1879-yil — 18-aprel 1955-yil) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi, barcha zamonlarning eng buyuk va eng katta taʼsirga ega fizik olim.[5] Eynshteynning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, qiyinroq kitoblar berishgan.[6] 15 yoshida Einstein differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi.[7] Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.[6]

U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Nisbiylik va kvant mexanikasi zamonaviy fizikaning ikkita ustunidir. Uning nisbiylik nazariyasidan kelib chiqqan E=mc2 Massa-energiya ekvivalenti formulasi „dunyodagi eng mashhur tenglama“ deb nomlangan.

Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Princeton universitetida ishlagan.

Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Einstein massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida Einsteinning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). Eynshteyn jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). Einstein gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Buton spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933-yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. Einstein ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. Einstein 1940-yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Davriy jadvaldagi sintetik elementlardan biri „Eynshteynium: lot. Eynshteynium uning sharafiga nomlangan. Einsteinning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Bio
  6. 6,0 6,1 The 5 Most Ridiculous Lies You Were Taught In History Class
  7. Alas, Einstein Was No Failure in Math[sayt ishlamaydi]

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy