Shayx Alouddin Mansur | |
Qorasuv imomi | |
Tavallud sanasi: | 20-yanvar 1952-yil |
Tavallud joyi: | Qorasuv shahri |
Vafot sanasi: | 13-oktyabr 2020-yil (68 yoshda) |
Vafot joyi: | Qorasuv (Oʻsh viloyati) |
Dini: | Islom |
Shayx Alouddin Mansur (1952—2020[1]; Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Qorasuv shahri[2][3]) — taniqli oʻzbek ulamolaridan, shayx va olim. Qurʼon maʼnolarining oʻzbekcha izohli tarjimasini tayyorlagan. Hanafiylik mazhabining eng yirik manbalaridan „Badoʻius sanoiʼ fiy tartibish sharoiʼ“ asarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Uning tomonidan Qorasuvda tashkil etilgan „Qurʼoni karimni oʻrganish ilmiy markazi“da esa Qurʼon maʼnolari ruschaga, turkmanchaga, qozoqchaga va qirgʻizchaga tarjima qilingan. Koʻp-yillar davomida Qorasuvdagi Imom al-Buxoriy masjidining boshchisi boʻlib kelgan.