Ateizm

Ateizm xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.

Oʻzini ateist, deb nomlagan shaxslarning koʻpchiligi gʻayritabiiy hodisalarga skeptik yondashishib, xudolarning mavjudligiga empirik dalillar mavjud emasligini urgʻulashadi. Bundan tashqari, ateizm foydasiga falsafiy, ijtimoiy yoki tarixiy argumentlar keltiriladi. Aksar ateistlar sekulyarizm, humanizm, ratsionalizm va naturalizm kabi falsafiy qarashlarga ega boʻlishgani bilan, barcha ateistlar birdek boʻysinuvchi dunyoqarash mavjud emas.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy