Atom yadrosi

Geliy-4 yadrosi (tepada oʻngda)

Atom yadrosinuklonlardanprotonlar (r) va neytronlar (i)dan tashkil topgan atom oʻzagi. Atom yadrosining xususiyatlarini oʻrganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega boʻladi. Atom yadrosida gravitatsion va elektromagnit kuchlar ta’siri kam boʻlsa ham Atom yadrosi xossalariga ta’siri boʻladi. Yadro kuchlarining ta’sir radiusi juda kichik, 10~13 sm. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bogʻliq. Atom yadrosining butun xususi-yatlarini oʻz ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari toʻliqoʻrganilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtai nazaridan yechish mumkin emas.

Atom yadrosining xossalarini oʻrganishda turli modellar tatbiq qilinadi. Har qaysi model Atom yadrosining ma’lum xossalarini aks ettirgan holda ba’zi xossalarini tushuntirishda qarama-qarshiliklarga olib keladi. Masalan Atom yadrosining yemirilish xususiyatini gidro-dinamik model bilan yaxshi tushuntiril-sa, magik yadrolar holatlarining xususiyatlarini tushuntirish mumkin emas, aksincha, krbiklar modeli bilan magik yadrolar holatlarini yaxshi tushuntirilsa, yemirilish hodisasini tushuntirish mumkin emas va hokazo (qarang Yadro modellari). Atom yadrosi tuzilishi va xossalarini tajriba yerdamida oʻrganish uchun xilma-xil yadro hodisalari: zarralarning Atom yadrosidan ela-stik va elastikmas sochilishlari, yadro reaksiyalari, tabiiy va sun’iy radio-aktiv nurlanish, yadro yemirilishi va hokazolardan foydalaniladi.

Oʻzbekistonda ham atom yadrosini oʻrganishga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib bo-riladi. Toshkentda R. B. Bekjonov, A. I. Moʻminov, T. I. Moʻminov, Q. Sh. Azimov va boshqalarning mos tushishlar, gam-ma-nurlarning dopplercha kengayishi, gammachiziqlarining shakl oʻzgarishi, yadro holatlarini rezonans uygʻotish, gamma-nurlarining gʻalayenlangan va gʻalayonlanmagan gammagamma burchak kor-relyatsiyalari va qutblanishi usullaridan foydalanib oʻtkazgan yadro sathlari orasidagi elektromagnit oʻtishlar ehtimolliklariga oid tajribaviy tadqiqotlari atom yadrosining tuzili-shi haqida keng ma’lumotlar olishda juda samarali boʻldi. Natijada yadro holatlarining 10~6– 10~17 s oralikdagi yashash vaqtlari va parsial kengli-klari oʻlchandi, spin, juftlik, magnit va elektr momentlari, deformatsiya pa-rametrlari aniqlandi. Oqibatda atom yadrolarining tuzilishiga tegishli ma’lumotlar olindi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy