Avengers: Endgame

Avengers: Endgame

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Anthony Russo
  • Joe Russo
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar)
  • Christopher Markus
  • Stephen McFeely
Rollarda
Bastakor(lar) Alan Silvestri
Kinematografiya Trent Opaloch
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 22-aprel, 2019-yil(2019-04-22) (Los-Anjeles)
  • 26-aprel, 2019-yil(2019-04-26) (AQSh)
  • 29-aprel, 2019-yil(2019-04-29) (Oʻzbekiston[1])
Davomiyligi 181 daqiqa[2]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh[3]
Til inglizcha
Byudjeti $356–400 million[4][5]
Daromadi $2,799 milliard[6]

Avengers: Endgame“ (oʻzbekcha manbalarda „Qasoskorlar: Intiho“ oʻlaroq maʼlum[1][7]) — 2019-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma ikkinchi film[8]; „Avengers: Infinity War“ (2018) filmining mantiqiy davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anthony va Joe Russolar rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Christopher Markus va Stephen McFeely yozgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Benedict Wong, Jon Favreau, Bradley Cooper, Gwyneth Paltrow va Josh Brolin ijro etgan.

Film premyerasi 2019-yilning 22-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. 2019-yilning 26-aprelidan AQSh, 29-aprelidan esa Oʻzbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshlagan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $2,799 milliard mablagʻ toʻplab, tarixdagi eng kassabop filmga aylangan (2019-yilning iyulidan 2021-yilning martigacha). Filmning sikvellari — „Avengers: Doomsday“ va „Avengers: Secret Wars“ mos ravishda 2026- va 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan.

  1. 1,0 1,1 „“Qasoskorlar: Intiho”, “Barbi”, “Avatar: Suv yo‘li”. So‘nggi yillardagi eng kassabop filmlar reytingi e’lon qilindi (foto)“. Daryo.uz (2023-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 19-avgust.
  2. „Avengers: Endgame (2019)“. British Board of Film Classification (12-aprel, 2019). Qaraldi: 12-aprel, 2019.
  3. Newman, Kim „Avengers: Endgame review: the finale these heroes deserve“. British Film Institute (25-aprel, 2019). 28-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel, 2019.
  4. D'Alessandro, Anthony Avengers: Endgame to Near Rare Breakeven Point with $1.1B Global Opening“. Deadline Hollywood (2019-yil 27-aprel). 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  5. Avengers: Endgame. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  6. „Avengers: Endgame (2019)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 27-aprel, 2019.
  7. „«Qasoskorlar: Intiho»: shov-shuvli film haqida barcha faktlar“. Kun.uz (2019-yil 29-aprel). Qaraldi: 2024-yil 19-avgust.
  8. „Avengers: Endgame – perfect conclusion to Marvel’s 22-film saga“ (inglizcha). South China Morning Post (24-aprel 2019-yil). Qaraldi: 8-may 2019-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy