Azot

Azot / Nitrogenium (N)
Atom raqami 7
Koʻrinishi Rangsiz, hidsiz inert gaz
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
14.00674 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 92 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1401.5(14.53) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi 2s2 2p3
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 75 pm
Ion radiusi 13 (+5e) 171 (-3e) pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
3.04
Elektrod potensiali
Oksidlanish darajasi 5, 4, 3, 2, -3
Termodinamik xossalari
Zichlik 0.808 (@ −195.8 °C) g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 1.042 (N-N) J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.026 Vt/(m·K)
Erish harorati 63.29 K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 77.4 K
Qaynash issiqligi n/a kJ/mol
Molyar hajm 17.3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 4.039 Å
Panjara/atom nisbati 1.651
Debye harorati n/a K
7
Azot
N
14,007
2s22p3

Azot (lotincha: „Nitrogenium“), N — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,09 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 — 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi. Azot turmushda ham juda kerakli hisoblanadi. Azot boshqa olisdagi sayyoralarda ham qattiq holatda uchraydi masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi. Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi. Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir. Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi. Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy