Barselona Barcelona | |
---|---|
viloyat ahamiyatiga ega shahar | |
41°23′0″N 2°11′0″E / 41.38333°N 2.18333°E | |
Mamlakat | Ispaniya |
avtanom respublika | Kataloniya |
Hukumat | |
• Alkald (Mer) | Ada Kolau |
Maydon | 1,004 km2 (388 kv mi) |
Markazi balandligi | 15 m |
Rasmiy til(lar)i | ispan, katalon |
Aholisi (2016) |
1 608 680 [1] |
Zichligi | 16095 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | +34 93 |
Pochta indeks(lar)i | 08001-08080 |
Avtomobil kodi | B |
|
Barselona - Ispaniyadagi shahar, Kataloniya avtonom viloyatining markazi va Barselona provinsiyasining markazidir. Ispaniyaning eng katta sanoat ishlab chiqarish shahri hisoblanadi. Yevropaning eng mashhur turizm maskanlaridan biridir. Barselonada 1 608 680 kishi istiqomat qilmoqda. Aholisining soni boʻyicha Ispaniyada Madriddan keyin ikkinchi, Yevropa Ittifoqida esa oʻninchi oʻrinni band qiladi. 1992-yilda Barselona Yozgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2004-yilda Barselonada 2004-yilgi Jahon madaniy forumi bo'lib oʻtdi va 2010-yil mart oyida Barselona Oʻrta yer dengizi ittifoqining poytaxti boʻldi, unga 43 ta mamlakat kirdi. 2013-yilda Barselonada suv sporti boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi.