Burjuaziya

Burjuaziya

Burjuaziya (fransuzcha: „bourgeoisie“ – shaharliklar) — savdo, sanoat, kreditmoliya va boshqa tadbirkorlik faoliyati natijasida daromad oluvchi ijtimoiy sinf.

Burjuaziya anʼanaviy jamiyat qaror topgan sharoitda, 16–20-asrlardagi inqilob va islohotlar natijasida yuzaga kelib, muhim iqtisodiy va siyosiy taʼsirga ega boʻldi, sanoatlashgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti, liberalizm va demokratiya qadriyatlari qaror topishiga koʻmaklashdi. Rivojlangan mamlakatlardagi burjuaziya yirik moliya va sanoat burjuaziyasidan (unga boshqaruvchilarning oliy qatlami ham kiradi), sarmoyadorlik va tadbirkorlik vazifalarini birga qoʻshib, ish yurituvchi oʻrta burjuaziya qatlamidan hamda mayda burjuaziyadan tashkil topgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda burjuaziya turli qatlamlarining shakllanishi jamiyatni modernizatsiya qilish jarayoni bilan bevosita bogʻliqdir. Sotsialistik tuzum oʻrnatilgan mamlakatlarda burjuaziya sinf sifatida tugatilgan edi. Bunday mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti va fuqarolar jamiyatining shakllanishi jarayonida xususiy mulkdorlar va tadbirkorlardan iborat ijtimoiy qatlam qayta tiklanmoqda.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy