Buxoro davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti
Buxoro davlat universiteti
Xalqaro nomi
Bukhara State University (BukhSU)
Shiori Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda!
Turi universitet
Asos solingan sanasi 1930-yil
Rektori Obidjon Xamidov
Fakultetlar 10
Talabalari 21776 ta
Bakalavriat 21175
Magistratura 601
Joylashuvi
Buxoro
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti http://buxdu.uz

Buxoro universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat pedagika instituti, BuxDU) — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida joylashgan oliy taʼlim dargohi. Universitet dastlab 1930-yilda Buxoro Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil qilingan. 1992-yil 15-martda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan Buxoro pedagogika institutiga universitet maqomi berilgan[1]. Oliygoh oʻz ichiga 10 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Fizika-matematika, Iqtisodiyot va turizm, Axborot texnologiyalari, Tarix va yuridik, Filologiya, Xorijiy tillar, Tabiiy fanlar, Agranomiya va biotexnologiya, Sanʼatshunoslik hamda Sport faoliyati va pedagogika fakultetidir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.

  1. „Buxoro davlat universiteti qachon tashkil topgan?“. buxdu.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy