Buxoro viloyati

Buxoro viloyati
Viloyat
Maʼmuriy markazi Buxoro
Yirik shahari Buxoro
Aholi (2018) 1 870 200 (4-oʻrin)
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 39 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-BU
Avtomobil raqami kodi 80
Xaritada
Buxoro viloyati xaritada
Buxoro viloyati, Xarita
40°10′0″N 63°40′0″E / 40.16667°N 63.66667°E / 40.16667; 63.66667

Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 2.000.255 kishi[1] (2022). Buxoro viloyati tarkibida 11 ta tuman (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 ta shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 ta qishloq bor. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibini asosan oʻzbeklar va ruslar, forslar (eroniylar), turkmanlar, tojiklar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar va boshqalar tashkil etadi. Markazi — Buxoro shahri.

  1. [https://www.buxstat.uz/uz/ „BUXORO VILOYATI RAQAMLARDA (2022- YIL YANVAR-SENTABR HOLATIGA)“]. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy