Diaxroniya

Diaxroniya (dia... va yun. chronos — vaqt, zamon) — til tizimining lingvistik tadqiqot manbai sifatidagi tarixiy taraqqiyoti, til taraqqiyotini vaqt nuqtai-nazaridan oʻrganish. Tilshunoslikda D. tushunchasi sinxroniyaga qarama-qarshi qoʻyiladi. Diaxronik lingvistika baʼzan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, 20-asrdan boshlab tarixiy fonetika bilan aynan bir narsa deb qaraldi. Keyinchalik uning tadqiqot obʼyekti sifatida tildagi oʻzgarishlarni, bu oʻzgarishlarning sabablarini, paydo boʻlish davrini oʻrganish nazarda tutildi. 20-asr 2-yarmida diaxronik yondashish, til tarixini davrlarga boʻlib oʻrganish bilan bogʻliq sof tarixiy yoʻnalishdan farqli oʻlaroq, til tizimida sodir boʻladigan diaxronik oʻzgarishlarni, tilning tizim sifatidagi taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganishga qaratildi. D. til faoliyati xususiyatlarini zamonda, jumladan, sinxroniyada bilishga imkon beruvchi vosita boʻlib, umuman til nazariyasining muhim qismidir.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy