Ingliz tili | |
---|---|
Milliy nomi | English |
Mamlakatlar | Angliya va 75 dan ortiq mahalliy shaxslar |
Rasmiylik holati | rasmiy til |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1,5 milliard |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-Yevropa |
Alifbosi | Lotin alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | en |
ISO 639-3 | eng[1] |
Ingliz tili (inglizcha: English) — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.
Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 1,5 milliarddan ortiq kishi gaplashadi (2024). Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va boshqalar)da rasmiy til sifatida qoʻllanadi.