Istanbul turkcha: İstanbul | |
---|---|
shahar | |
41°0′36″N 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E | |
Mamlakat | Turkiya |
Viloyat | Istanbul |
Hukumat | |
• Mer | Ekrem İmamoğlu |
Asos solingan | mil. av. 667 |
Avvalgi nomlari |
330-yilgacha — Vizantiya |
Maydon | 5,343 km2 (2,063 kv mi) |
Markazi balandligi | 100 m |
Rasmiy til(lar)i | turk tili |
Aholisi (2012) |
il — 13 854 740 kishi (2 012)[1] shahar — 6 536 862 kishi (2 011)[2] |
Zichligi | 2480,9 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2, yozda UTC+3 |
Telefon kodi |
+90 212 (Yevropa) +90 216 (Osiyo) |
Pochta indeks(lar)i |
34010-34850 80000-81800 |
Avtomobil kodi | 34 |
|
Istanbul — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul Turkiyaning 81 viloyatidan biridir. Aholisi 16 214 000 kishi (2022-yil). Istanbul Marmar (Marmara) dengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox ( Haliç ) qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻgʻoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm.[3]