Kutubi sitta

Kutubi sitta[1] (arabcha: الْكُتُبُ السِّتَّة al-kutubu s-sitta - olti kitob) yoki Sihohi sitta (arabcha: الصِّحَاحُ السِّتَّة aṣ-ṣiḥāḥu s-sitta) – Islom olamida tasnif etilgan ishonchli hadis kitoblariga ishlatilgan atama. Ular Imom Buxoriy va Imom Muslimning „Sahih“lari, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Mojaning „Sunan“lari. Ba’zi olimlar oz bo‘lsada, zaif hadislarni ham o‘z ichiga olgani uchun Ibn Mojaning „Sunan“i o‘rniga Imom Molikning „Muvatto“sini yoki Dorimiyning „Sunan“ini oltinchi kitob deb bilishadi. Buxoriy va Muslimning „Sahih“lari ular hayotlik chog‘laridayoq katta shuhrat qozongan, ularga Abu Dovud, Termiziy va Nasoiyning „Sunan“lari qo‘shilib „Usuli xamsa“ (Besh asosiy kitob) degan bahoga sazovor bo‘lgan. Ular qatoriga keyinroq va Ibn Mojaning „Sunan“i qo‘shilgan[1].

  1. 1,0 1,1 Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 266.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy