Lotin alifbosi

Lotin alifbosi
Yozuv tipi
Tillar Dastlab lotin, Gʻarbiy va Markaziy Yevropa tillari, ayrim Osiyo tillari, Afrika, Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning koʻpchilik tillari
Hudud Dastlab Italiyada, keyinchalik butun Yevropa, Amerika, Avstraliya va Okeaniya
Yaratilgan sanasi ~e.o. 700 yil
Davr ~e.o. 700 yildan hozirgi davrga qadar
Yozuv yoʻnalishi chapdan oʻngga
Kelib chiqishi

Xanaaney yozuvi

ISO 15924 Latn[1]

Lotin alifbosi — yozuv tizimidir. roman, olmon va boshqa koʻpchilik tillarning asosiy yozuvi hisoblangan hozirgi lotin alifbosi 26 harfdan iborat. Harflar har tilda har xil nomlanadi.

Lotin alifbosi asosidagi yozuvdan roman, olmon, kelt va baltiy guruhlari barcha tillari, shuningdek slavyan, fin-ugor, turk, semit va eron guruhlarining ayrim tillari, alban, bask tillari, shuningdek ayrim Hindi-xitoy (vetnam tili), Myanma tillari, Zond arxipelagi va Filippin, Afrika (Saxara janubi), Amerika, Avstraliya va Okeaniya koʻpchilik tillari foydalanadilar.

Lotin alifbosi Qadim Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining („lotin“ soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 9—8-asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi 4—3-asrlardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (miloddan avvalgi 6—4-asrlar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, miloddan avvalgi 4-asrdan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 -a.da W harfi, 16-asrda xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.

Hozirgi Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — „antikva“) va got yozuvi („fraktura“ deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi.

Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-asr dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30—35 %i Lotin alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—1940-yillarda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (qarang Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by razib.in