Lugansk viloyati

Lugansk viloyati (1970-90 yillarda Voroshilovgrad viloyati) — Ukrainadagi viloyat. 1938-yil 3-iyunda tuzilgan. Maydoni 26,7 ming km². 18 rayon, 34 shahar, 104 shaharcha bor. Markazi Luhansk shahri Aholisi 2743 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus, yahudiy, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Lugansk viloyati yer yuzasi oʻrqirli tekislik. Jan.da Donetsk qirlari (200-300 m) joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, ohaktosh, qum, gil. Iqlimi moʻʼtadil — kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 21,8°-23,G, yanvarniki −6°, −8°. Yiliga 400-500 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 196-208 kun. Daryolarning koʻpchiligi Severskiy Donets havzasiga mansub. Tuprogʻi, asosan, qora tuproq, shuningdek, chimli podzol tuproklar ham uchraydi. Viloyat yerlarining koʻp qismi haydalgan. 7% maydoni oʻrmonzor (qaragʻay, dub, shumtol, zarang). Lugansk viloyati Ukrainaning muhim ogʻir sanoatrayoni. Sanoatida koʻmir, metallsozlik, mashinasozlik va kimyo sanoati tarmoqdari yetakchi oʻrinda. Toshkoʻmir qazib olish muhim oʻrin egallaydi. Yirik TETS va GRESlar qurilgan. Mahalliy koks va Krivoy Rog rudasida ishlaydigan qora metallurgiyaning salmogʻi katta. Quvur va gʻoʻla prokati zavodlari bor. Tegoyuvozsozlik, mashinasozlik, elektromexanika zavodlari ishlab turibdi. Kimyo va koks-kimyo, yengil, oziq-ovqat, sanoatlari ham rivojlangan. Ammiak, kaprolaktam va mineral oʻgʻitlar, anilin boʻyoqlari, kimyoviy kislotalar va boshqa neorganik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Donetskda soda zavodi, Staxanovda qurum zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi koʻp tarmoqli va mexanizatsiyalashgan. Asosiy ekini gʻalla, texnika ekinlari ham ekiladi. Keng maydonda yaylov va pichanzorlar, tok-zor va mevazorlar, bogʻlar bor. Chorvachiliqda sut-goʻsht chorvachiligi asosiy oʻrinda. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. 5 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, aeroport mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by razib.in