Marvel Comics

Marvel Comics
MamlakatQoʻshma Shtatlar AQSh
Asos solingan
  • 1939 (1939)
    (Timely Comics sifatida)
  • 1947 (1947)
    (Magazine Management sifatida)
  • 1961 (1961)
    (Marvel Comics sifatida)
Asoschi(lar)Martin Goodman
EgasiThe Walt Disney Company
Rahbar(lar)
  • C. B. Cebulski
  • John Nee
Vebsaytmarvel.com

Marvel Comics (inglizchadan marvel — „moʻjiza“) — nashriyot; komikslarni tayyorlash va nashr qilish bilan shugʻullanadi. The Walt Disney Company mediakonglomerati tarkibiga kiradi. Nashriyotga 1939-yil Martin Goodman asos solgan[1]. Shtab-kvartirasi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan.

Marvel „Oʻrgimchak odam“, „Temir odam“, „Rosomaxa“, „Kapitan Amerika“, „Qora beva“, „Thor“, „Hulk“, „Daredevil“, „Doktor Strange“, „Qora pantera“, „Kapitan Marvel“ kabi superqahramonlari, „Qasoskorlar“, „X-Men“, „Fantastik toʻrtlik“, „Galaktika qoʻriqchilari“ kabi superqahramonlar jamoalari, shuningdek, „Doktor Doom“, „Magneto“, „Yashil goblin“, „Red Skull“, „Loki“, „Ultron“, „Thanos“, „Zabtkor Kang“, „Venom“, „Galactus“ kabi salbiy qahramonlari bilan mashhurdir. Marvel komikslaridagi personajlarning aksarisi „Yer-616“ deb ataluvchi xayoliy olamda yashashadi.

2009-yilning 31-dekabrida The Walt Disney Company kompaniyasi Marvel Comicsni $4,24 milliard evaziga sotib olgan[2][3].

  1. Daniels, Les. Marvel: Five Fabulous Decades of the World's Greatest Comics (inglizcha). Nyu-York: Harry N. Abrams, 1991 — 27 & 32–33-bet. ISBN 0-8109-3821-9. „Timely Publications became the name under which Goodman first published a comic book line. He eventually created a number of companies to publish comics ... but Timely was the name by which Goodman's Golden Age comics were known... Marvel wasn't always Marvel; in the early 1940s the company was known as Timely Comics, and some covers bore this shield.“ 
  2. „Компания Walt Disney покупает Marvel Entertainment“ (ruscha). 2013-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-sentyabr.
  3. „Disney Completes Marvel Acquisition“ (inglizcha). Marvel.com (2009-yil 31-dekabr). 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy