Moskva | |
---|---|
Rossiya poytaxti | |
55°45′21″N 37°37′04″E / 55.75583°N 37.61778°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Hukumat | |
• Mer | Sergey Sobyanin |
Asos solingan | 1147 |
Ilk eslatilishi | 1147 |
Qachondan beri rossiya poytaxti | 1340 |
Maydon | 2,561.5[1] km2 (989.0 kv mi) |
Markazi balandligi | 118—255 m |
Rasmiy til(lar)i | ruscha |
Aholisi (2022) |
12 635 466[2] |
Zichligi | 4932,84 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar (91,65%) ukrainlar (1,42%) tatarlar (1,38%) ozarbayjonlar (0,53%)[3] |
Konfessiyaviy tarkib | Xristianlar, Musulmonlar v.h |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +7 495, 499 |
Pochta indeks(lar)i | 101000—135999 |
Avtomobil kodi | 77, 177, 777; 97, 197, 797; 99, 199, 799 |
|
Moskva (ruscha: Москва) – Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatdagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim. Sharqiy hamda Zelenograd shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; Moskva shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod.