Muftiy

Muftiy (mufti) (arabcha — fatvo beruvchi) — musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy. Muftiy diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin qilish, shariatni tatbiq etish borasida hal qiluvchi huquqqa ega. Odatda, uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib, musulmonlar uchun qoʻllanma hisoblanadi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga muftiy boshchilik qiladi. U ulamolar kengashi yigʻilishida 5 yil muddatga saylanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy