Mujaddid

Imom Shofe’iy va Ahmad ibn Hanbal mujaddid deb e’tirof etilgan mazhab asoschilaridir. [1][2]

Mujaddid (arab. مجدد) – islom diniga oid atama boʻlib, dinga “yangilanish” (tajdid) olib keluvchi kishini anglatadi [3][4]. Islom ta’limotiga koʻra, har hijriy asrning boshida islomni qayta tiklash, uni yot unsurlardan tozalash va uning sof aqidasini tiklash vazifasiga kirishgan shaxs mujaddid deyiladi. Hozirgi zamonda mujaddid deganda zamonaning eng buyuk musulmoni tushuniladi [5] .

“Mujaddid” tushunchasi Abu Dovud Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda uchraydi [6] :

“Alloh taolo har yuz yilning boshida sizlarning diningizni yangilab beradigan bir mujaddid (dinni yangilovchi) yuboradi”

— (Sunani Abu Dovud, 37-kitob: Kitob al-Malohim, 4278-hadis) [7]


Mujaddid soʻzi borasida muhaddislar orasida ixtilof mavjud. Zahabiy va Ibn Hajar al-Asqaloniy kabi olimlar mujaddid atamasini ko‘plik ma’nosida ham anglash mumkin, deb talqin qilganlar va shu tariqa bir guruh odamlarni nazarda tutganlar [8][9].

Mujaddidlar qatoriga taniqli olimlar, taqvodor hukmdorlar va harbiy sarkardalar kirishi mumkin [4] .

  1. Waliullah, Shah. Izalatul Khafa'an Khilafatul Khulafa. p. 77, part 7.. 
  2. Mohammed M. I. Ghaly, "Writings on Disability in Islam: The 16th Century Polemic on Ibn Fahd's 'al-Nukat al-Ziraf'", The Arab Studies Journal, Vol. 13/14, No. 2/1 (Fall 2005/Spring 2006), p. 26, note 98. 
  3. Faruqi, Burhan Ahmad. The Mujaddid's Conception of Tawhid, 16 August 2010 — 7-bet. ISBN 9781446164020. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr. 
  4. 4,0 4,1 Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Psychology Press, 2006 — 678-bet. ISBN 9780415966900. 
  5. „Mujaddid – Oxford Islamic Studies Online“ (en). www.oxfordislamicstudies.com. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
  6. Neal Robinson (2013), Islam: A Concise Introduction, Routledge, ISBN 978-0878402243, Chapter 7, pp. 85–89
  7. Andoza:Hadith-usc
  8. Fath al-Baari (13/295)
  9. Taareekh al-Islam (23/180)

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy