Neftchi (futbol klubi)

FC Neftchi Fargʻona
Toʻliq nomi Oʻzbekiston Neftchi (futbol klubi) Fargʻona
Laqabi Buyuk chinorlar va Yoʻlbarslar
Asos solingan 1962 (1962)
Stadioni „Istiqlol Stadioni“ Fargʻona
Sigʻimi 20000
Egasi Fargʻona hokimligi
Prezidenti Oʻzbekiston Xabib Sirojiddinov [1]
Bosh murabbiy Tojikiston Vitaliy Levchenko
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻrni 1
Vebsayti Klub sayti

Neftchi Fargʻona futbol klubi (oʻzbekcha: Нефтчи Фарғона футбол клуби) – Fargʻona shahrida joylashgan oʻzbek futbol klubi.[2] Oʻzbekiston futboli oliy divizionida toʻp suradi va bir necha bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Klub Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi tomonidan moliyalashtiriladi.[3] 1962-yilda tashkil topgan va 1991-yilgacha „Neftyanik Fergana“ nomi bilan Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida (Markaziy Osiyo divizioni) maydonga tushgan. 1990-yilda klub Sovet Ikkinchi Ligasida gʻalaba qozonib, Sovet Birinchi Ligasiga chiqdi. 1992-yildan buyon Oʻzbekiston Ligasida oʻynadi va Toshkentning „Paxtakor“ va Namanganning „Navbahor“ klublari bilan birga Oʻzbekiston Super Ligasining barcha mavsumlarida 2018-yilgacha toʻxtovsiz ishtirok etib kelgan.

Shuni taʼkidlash kerakki, „Neftchi“ Oʻzbekistonning 5 karra chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u Oʻzbekiston chempionatida 9 marotaba ikkinchi oʻrinni egallagan va bir marta 2008-yilgi mavsumda bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Neftchi soʻnggi marta chempionlikni 2001-yilda qoʻlga kiritgan.[4] Bundan tashqari, jamoa mamlakat kubogining 2 karra gʻolibi hisoblanadi. Xalqaro maydonda jamoa 1994-yilgi Hamdoʻstlik Chempionlar Kubogi finalchisi va 1995-yilgi Osiyo Chempionlar Kubogining bronza medali sovrindori boʻlgan. Neftchi jamoasi Osiyo arenalarida ham yaxshi natijalarga erishdi.

  1. „"Neftchi" klubiga yangi prezident tayinlandi“. Championat.asia. Qaraldi: 2023-yil.
  2. „FARG'ONA OLTIN FAHRISI“.
  3. „O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Rasmiy sayti“.
  4. „“Neftchi”: Oxirgi chempionlikka 15 yil“. 2023-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-may.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy