Osiyoda islom

Osiyoga Islom dini VII asrlarda, paygʻambar Muhammad hayotligida kirib kelgan. 2020-yilgi statistik maʼlumotlarga koʻra, Osiyodagi musulmonlarning umumiy soni 1,3 milliardga yaqinni tashkil etadi. Islom dini Osiyoda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Butun dunyo boʻyicha Osiyo dunyodagi eng koʻp musulmon aholi istiqomat qiluvchi qitʼa sanalib[1], butun dunyo musulmonlarining qariyb 62 foizi aynan shu qitʼada yashaydi. Indoneziya, Pokiston, Hindiston va Bangladesh kabi mamlakatlar esa eng koʻp musulmon aholiga ega davlatlar sanalishadi. Gʻarbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo hududlari, ayniqsa, musulmon aholiga ega muhim mintaqalardir. Islom tarixining eng boshidan buyon Osiyo qitʼasida, xususan, Gʻarbiy va Janubiy Osiyoda koʻplab islom tarafdorlari yashab kelishgan.

  1. „The Global Religious Landscape“. Pewforum.org. 2017-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-may.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy