Parij | |
---|---|
Shahar | |
48°51′24″N 2°21′8″E / 48.85667°N 2.35222°E | |
Mamlakat | Fransiya |
Mintaqa | Île-de-France |
Departament | Parij |
Ichki boʻlinishi | 20 ta arrondissement |
Hukumat | |
• Mer | Anne Hidalgo |
Maydon | 105.4 km2 (40.7 kv mi) |
Markazi balandligi | 131 m |
Aholisi (2019) |
2 165 423 |
Zichligi | 21 000 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 75001-75020, 75116 |
|
Parij (fransuzcha: Paris; fransuzcha talaffuzi: pagʻi) Fransiyaning poytaxti va aholisi boʻyicha eng yirik shaharidir. 2019-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 2 165 423 nafar kishini tashkil etadi[1]. Maydoni 105 km2 (41 mi2) ga teng boʻlib, jahondagi 34-aholi eng zich joylashgan shahardir (2020)[2]. XVII asrdan beri Parij dunyoning eng yirik moliya, diplomatiya, savdo-sotiq va moda markazlaridan biri boʻlib kelmoqda[3]. Bundan tashqari, Parij shahri Fransiya aholising qariyb 19 foizi (12 262 544 nafar kishi) istiqomat qiluvchi Île-de-France mintaqasining bosh shahri hisoblanadi[4].