Pishloq

Emmentaler pishlog‘i.

Pishloq — sutni ivitib, ishlov berish yoʻli bilan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Sigir, qoʻy, echki, buyvol yoki ot sutidan yoki ularning aralashmasidan ishlab chiqariladi. Tarkibida 15—27% yengil hazm boʻladigan oqsil, shu jumladan, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, 20—32% yogʻ, shuningdek, kalsiy, fosfor tuzlari va vitaminlar (1,5—3,4%) bor. 100 g oliy nav P. kaloriyasi 350—400 kkal ga teng . P. parhez va shifobaxsh xususiyatga ega, yengil va deyarli toʻla hazm boʻladi. Sutni ivitish usuliga qarab, shirdon P.i va qatiq pishlogʻi tayyorlanadi. Shirdon P.i ning qat-tiq, shoʻr va yumshoq xillari bor. Qat-tiq P. (Shveysariya, Rossiya, Gollandiya, Kostroma, Yaroslavl P.lari va boshqalar) konsistensiyasi muloyim, yumshogʻiniki (Medinsk, Rokfor, Dorogo-buj P.lari va boshqalar) moysimon. Shoʻr P. (brinza, Tushin P.i va boshqalar) namakobda yetilishi bilan boshqa P.lardan farq qiladi. Qatiq P.ga qizdirilgan P. va boshqa kiradi. P.ning 700 ga yaqin xili maʼlum boʻlib, kimyoviy tarkibi, ma-zasi turlicha. Oʻzbekistonning sut sanoati korxonalarida yumshoq pishloq va brinza ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.[1] Dunyoda yuzdan ortiq pishloq turlari bor. Ular bir-birlaridan qaysi hayvondan sut olingani, qancha saqlangani, qancha miqdorda yogʻi borligi va hokazo sifatlari bilan farqlanadi. Rangi sargʻish-yashildan qizilgacha boʻlishi mumkin. Baʼzi pishloqlarda kavaklar hosil boʻladi. Pishloq oʻz tarkibida yogʻ, oqsil va kalsiy, fosfor minerallarini uzoq vaqt saqlay olgani uchun ushbu moddalarga muhtoj odamlar uchun foydalidir.[2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Pishloq" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy