Piza – Italiyaning markaziy qismidagi shahar, Arno daryosi boʻyida. Piza provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 85,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kema qatnaydigan kanal orkali Livorno porti bilan bogʻlangan. Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oyna-shisha, keramika, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Galiley taʼlim olgan universitet (1343), Sanmatteo muzeyi bor. Oʻrta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklardan kampanella („Qulayotgan minora“), cherkovlar saqlangan. Turistlar koʻp keladi[1].