Sovuq urush

Sovuq urush
Sanalar 5-mart 194626-dekabr 1991
Urush yeri Global qarama-qarshilik
Natija Yevropada "Baxmal toʻntarilishlari",
GDRning GFRga qoʻshilishi,
Varshava bitimining bekor qilinishi, SSSR, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning parchalanishi.
Raqiblar
VBT:

SSSR bayrogʻi SSSR
Albaniya (1968-yilgacha)
1971-yildan 1990-yilgacha Bolgariya bayrogʻi Bolgariya
Vengriya bayrogʻi Vengriya
GDR bayrogʻi GDR (19551990)
Polsha bayrogʻi Polsha
1965-yildan 1989-yilgacha boʻlgan Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Chexoslovakiya bayrogʻi Chexoslovakiya


Kuba bayrogʻi Kuba
Xitoy bayrogʻi Xitoy (XXR)
KXDR bayrogʻi Shimoliy Koreya (KXDR)
Angola bayrogʻi Angola
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Laos bayrogʻi Laos
Mogʻuliston bayrogʻi Moʻgʻuliston

NATO:

AQSH bayrogʻi AQSh
Belgiya bayrogʻi Belgiya
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Olmoniya bayrogʻi GFR (1955-yildan)
Yunoniston bayrogʻi Yunoniston
Daniya bayrogʻi Daniya
Islandiya bayrogʻi Islandiya
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Italiya bayrogʻi Italiya
Kanada bayrogʻi Kanada
Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Fransiya bayrogʻi Fransiya (1966-yilgacha)

1959-yildagi ikki qutbli dunyo.
"Sovuq urush" apogeyidagi (1980-yil) ikki qutbli dunyo.

Sovuq urush – bir tarafdan kapitalistik AQSh va uning kapitalistik ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan sotsialistik SSSR va uning sotsialistik ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy ziddiyat.

Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsa ham, ularning dunyoga taʼsir oʻtkazish borasidagi raqobati koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzining taʼsir doirasini yaratdi hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar – NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.

Sovuq urush Uchinchi jahon urushi xavfi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikki tarafdan xalqaro tanglikni „yengillashtirish“ va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.

SSSRning bora-bora texnologik jihatdan ortda qolishi sovet iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri – 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa – 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.

Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin – 1989—1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1-iyulda tugatdi va shu vaqtdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy