Tarinkot

Tarīnkōṭ (dariycha: ترين کوت , Tarin Kowt deb ham yoziladi)[1] Afgʻoniston janubidagi Uruzgon viloyatining Tarinkot tuman markazi. Tarinkot shahri aholisi 71 604 kishi (2015), shahar bozorida 200 ga yaqin kichik doʻkonlari bor.

Tarinkot tumanida ikki yirik pushtun qabila konfederatsiyasi vakillari: Tarin qabilalari: Popolzay, Barakzay, Nurzay, Achakzay va Ghilzay qabilalari: Tokhi, Hotak. Shaharda oʻrta va yirik xoʻjalik yurituvchi korxonalar mavjud emas. Viloyat hokimi hozirda Asadulla Hamdam bozorga tutash majmuada yashaydi va ishlaydi.

Tarinkot — Afgʻonistonning janubidagi viloyat markazi. Yerlarning asosiy qismi (69 %) qurilish olib borilmagan yerlar toifasiga kiradi. Shundan qishloq xoʻjaligi 67 % ni tashkil qiladi. Turar-joy yerlari qurilgan yerlarning 47 % ni tashkil qiladi[2]. Aeroport munitsipalitet chegaralarida joylashgan boʻlib, qurilish olib borilgan yerdan foydalanish boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (24 %)[2].

2021-yilning 13-avgustida Tarinkot Tolibon jangarilari tomonidan 2021-yilgi Tolibon hujumi doirasida qoʻlga olindi[3].

  1. Brown. „Tarin Kowt and the battle for minds“. ABC News (29-iyul 2011-yil).
  2. 2,0 2,1 „The State of Afghan Cities Report 2015“. Qaraldi: 20-oktabr 2015-yil.
  3. „Taliban sweep across Afghanistan's south, take 3 more cities“ (inglizcha). AP NEWS (13-avgust 2021-yil). 13-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy