Tramvay

KTM-5 tramvay

Tramvay (inglizcha tram - "vagon", way - "yoʻl") poyezddan yengil, relsli, elektr dvigatelli transport vositasidir. Odatda shaharlar ichida va atrofida yoʻlovchi tashishi uchun moʻljallangan boʻladi.

Tramvay (inglizcha: tramway, tram — vagon, arava va way — yoʻl) — relsli izda harakatlanuvchi shahar yer usti transport vositasi; elektr energiyasini simda sirpanuvchi "shoxi" (dugasi) orqali kontakt (tutashma) simdan oladigan vagon (2 ta, baʼzan 3 ta tirkama vagonlar majmui).

Tramvay murakkab texnika vositasi hisoblanadi. Uning motori (dvigateli) elektr energiyasini relsli izlar tepasidan tortib ketiladigan simdan oladi. Sim kichik elektr styasiga ulanadi. Elektr styada oʻzgaruvchan tok 500—750 V kuchlanishli oʻzgarmas tokka aylantiriladi. Motorli vagon ustidagi yoysimon shox (duga) simda sirpanib, dvigatelga tok yetkazib beradi. Ikkinchi manfiy sim vazifasini relslar oʻtaydi. Umuman tramvay xoʻjaligi murakkab majmua xisoblanadi. Unga relsli izlar, avtoblokirovka tizimi, elektr dvigatel, elektr tarmogʻi, harakatlanuvchi sostav (vagon yoki vagonlar), tramvaydan foydalanish xizmati — depo (Toshkentda 2 ta depo bor), taʼmirlash korxonalari, liniyadagi doimiy tok elektr dvigateli qoʻllanadi (quvvati — bir necha kVt dan bir necha MVt gacha).


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy