Turkiya Respublikasi Türkiye Cumhuriyeti
| |
---|---|
Shior: Yurtta Sulh, Cihanda Sulh | |
Madhiya: İstiklâl Marşı (Mustaqillik madhiyasi) | |
Poytaxt | Ankara |
Rasmiy til(lar) | Turk tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Rajab Tayyip Erdoʻgʻon | |
Fuat Oktay | |
Mustaqillik (Respublikani e'lon qilish) | |
• Sana |
29-oktabr, 1923-yil |
Maydon | |
• Butun |
783,562 km2 (37-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.3 |
Aholi | |
• 2024-yilgi roʻyxat |
86,099,039 (18-oʻrin) |
• Zichlik | 112/km2 |
YIM (XQT) | 2024-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$ 906 mlrd (19-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$ 14,463 |
Pul birligi | Turk lirası (TL) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
• Yoz (DST) |
UTC+3 |
Qisqartma | TR |
Telefon prefiksi | 90 |
Internet domeni | .tr |
|
Turkiya (turkcha: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti) — Gʻarbiy Osiyo (97% i) va Janubiy Yevropa (3% i)dagi davlat. Turkiya ham Osiyo, ham Yevropa qitʼasiga kiradi. Turkiyaning poytaxti — Anqara shahri. Davlat tili — Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2024) — 86,099,039 kishi. Turkiya pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat. Turkiya 14 ta davlat bilan chegaradosh.
Zamonaviy Turkiya 1923-yilda Usmonli imperiyasining birinchi jahon urushidagi magʻlubiyati va turk xalqining milliy ozodlik urushi, monarxiyaning tugatilishi, parchalanishi va turk milliy davlatining barpo etilishi natijasida tashkil topgan.