Turkiyada islom

Islom dini – Turkiyada eng koʻp aholi eʼtiqod qiladigan din. Mamlakat aholisining 90% ga yaqini ahl as-Sunna val-Jamoa yoʻnalishiga, turk sunniy musulmonlarning aksariyati hanafiylik mazhabiga amal qiladi. Hozirgi Turkiyani tashkil etuvchi mintaqada islomning mavjudligi saljuqiylarning sharqiy Anadoluga tarqala boshlagan davrga, yaʼni XI asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi[1].

Turkiya hukumati tomonidan berilgan maʼlumotlariga koʻra, aholining 99,8% ini musulmonlar tashkil qiladi[2], chunki mamlakatning anʼanaviy musulmon boʻlmagan etnik guruhlari (masalan, yahudiylar, armanlar va yunonlar) 0,2% dan koʻp emas. Garchi baʼzi soʻrovlar sunniy musulmonlar koʻrsatkichi 96,2% deb maʼlumot bersa-da[3], sunniylik yoʻnalishi hanafiy mazhabi bilan (umumiy musulmon mazhablarining 90% ga yaqini) eng mashhur yoʻnalish hisoblanadi. Umumiy musulmon aholining taxminan 9%[4] ini tashkil etuvchi qolgan musulmon mazhablari alaviylar, jaʼfariylar (1% ni[5][6] tashkil qiladi) va nusayriylardan (taxminan 1 millionga yaqin aholi) iborat boʻlib, ular taxminan 1% ni tashkil qiladi[7][8]. Tasavvuf tariqatiga amal qilmaydigan va diniy boʻlmagan musulmonlar ham mamlakatda ozchilikni tashkil qiladi[6][9][10][11]. Optimar tomonidan 2019-yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra esa turklarning 89,5% i islom diniga eʼtiqod qiladi[12].

  1. Aktas, Vahap (2014-01-01). "Islamization of Anatolia and the Effects of Established Sufism (Orders)". The Anthropologist 17 (1): 147–155. doi:10.1080/09720073.2014.11891424. ISSN 0972-0073. Archived from the original on 22 November 2021. https://web.archive.org/web/20211122132935/https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/09720073.2014.11891424. Qaraldi: 27 October 2020. Turkiyada islom]]
  2. „Religions“. CIA World Factbook. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  3. „Country – Turkey“. Joshua Project. 2016-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-aprel.
  4. „Turkey: International Religious Freedom Report 2007“. U.S. Department of State. 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  5. „Shi'a“. 2011-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-avgust.
  6. 6,0 6,1 „Pew Forum on Religious & Public life“. pewforum.org (2012-yil 9-avgust). 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-oktyabr.
  7. „Syria strife tests Turkish Alawites | Turkey | al Jazeera“. 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  8. Prochazka-Eisl, Gisela. "The Arabic speaking Alawis of the Çukurova: The transformation of a linguistic into a purely religious minority". Christiane Bulut: Linguistic Minorities in Turkey and Turkic-Speaking Minorities of the Peripheries, Harrassowitz (Wiesbaden) Forthcoming. Archived from the original on 22 November 2021. https://web.archive.org/web/20211122132945/https://www.academia.edu/3857818. Qaraldi: 6 April 2018. Turkiyada islom]]
  9. „Sufism“. All about Turkey (2006-yil 20-noyabr). 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-noyabr.
  10. ÖZKÖK. „Türkiye artık yüzde 99'u müslüman olan ülke değil“ (tr). www.hurriyet.com.tr. 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  11. „Optimar'dan din-inanç anketi: Yüzde 89 Allah'ın varlığına ve birliğine inanıyor“. T24.com.tr. 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  12. „Optimar'dan din-inanç anketi: Yüzde 89 Allah'ın varlığına ve birliğine inanıyor“ (Turkish). T24. 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-may.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy