Turkman tili | |
---|---|
Milliy nomi | Türkmençe, Türkmen dili, Түркменче, Түркмен дили, تورکمن ﺗﻴﻠی,تورکمنچه |
Mamlakatlar | Afgʻoniston[1], Eron[2], Turkmaniston[3], Tojikiston[4], Oʻzbekiston[5] va Pokiston[6] |
Rasmiylik holati | Turkmaniston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 6 563 000[7] |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | lotin, kirill, arab |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | tk |
ISO 639-2 | tuk |
ISO 639-3 | tuk |
Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. O‘tgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,5 mln. (jumladan, Turkmanistonda 5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 220 ming, Afgʻonistonda 1 mln, Eronda 1 mln. ga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy lahjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va boshqalar. Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi.
Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz qabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s va z undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va z oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan mayl shakli bilan birga) qoʻllanishi va boshqalar. Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.
Eski adabiy turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy turkman tili esa XX asrning 20-yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928-yilgacha arab, 1929—40-yillarda lotin, 1940— 90-yillarda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991-yildan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.
Turkman tili' (Lotin alifbosida: türkmen dili, Kriill alifbosida: Түркмен дили, ISO 639-1: tk, ISO 639-2: tuk) — Turkmanistonning milliy tili. Bu tilda Turkmanistonning oʻzida taxminan 3430000 kishi gaplashadi. Turkman tilida so‘zlashuvchilarni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Hudud | Soni | Axborotning yillari |
---|---|---|
Turkmaniston | 5000 000[7] | 2020 |
Eron | 1 000 000[7] | 2023 |
Afg'oniston | 1000 000[7] | 2022 |
Oʻzbekiston | 220 000[7] | 2021 |
Turkiya | 920 | 1982[7] |
Tojikiston | taxminan 90 ming kishi | |
Qozog'iston | taxminan 90 ming kishi | |
Rossiya | taxminan 90 ming kishi |