Viloyati faqih

Viloyati faqih (arabcha: „وِلاَيَةُ ٱلْفَقِيهِ“ – faqihning hukmronligi) — islom huquqshunosligi asosida boshqariladigan davlat tuzumi. Ilk islomda bunday tushuncha oxir zamon yaqinlashganda amalga oshadigan eng adolatli ijtimoiy tuzumni anglatgan. Shialik bu tushuncha „yashiringan imom maxdiy“ning kelishi va adolat oʻrnatishi haqidagi gʻoyaga bogʻlangan. 1979-yildagi Eron islom inqilobi natijasida bu gʻoyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron Islom Respublikasiga 1989-yilgacha rahbarlik qilgan oyatulloh aluzmo Ruhulloh Xumayniy ana shunday viloyati faqih rahbari vazifasini bajardi, yaʼni u davlatning biror lavozimida boʻlmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy hayotiga rahbarlik qildi. Hozirgi kunda ham Eronda saylab qoʻyilgan prezident turmushning barcha sohalarida diniy rahbar bilan maslahatlashib faoliyat koʻrsatadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy