Xalqaro birliklar tizimi

Metrik sistemaga oʻtish sanalari. Qora rangda SI tizimini asosiy yoki yagona tizim sifatida qabul qilmagan davlatlar (Liberiya, Myanma, AQSH), belgilangan.

Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.

Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan bo'ladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy