Xudo

Xudo (forscha: خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda xudo butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. Xudo turli taʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Aslini olganda xudo nazariyasi aniq ilmiy asoslanmagan nazariyadir. Qadimgi diniy eʼtiqodlarda xudolarga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va oʻsimliklarga topinilgan (qarang: animizm, fetishizm, totemizm). Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda (qarang: panteizm) xudo tabiatning oʻzida, xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan. Zardushtiylikda ikki xudo — yorugʻlik, yaxshilik xudosi Ahuramazda va qorongʻulik, yomonlik xudosi Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qoʻyilgan. Qadimgi Sharq dinlarida va boshqa politeistik (qarang: politeizm) dinlarda juda koʻp xudolarga eʼtiqod kilinib, ulardan biri bosh xudo, qolganlari ikkinchi darajali xudolar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi xudolar iyerarxiyasi misol boʻla oladi. Monoteistik dinlarda (qarang: monoteizm) bitta xudoga sigʻinilgan. Buddizmda dastlab xudolarga sigʻinish inkor etilgan boʻlsada, keyinchalik Buddanint oʻzi xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa xudolar ham bor. Hinduiylikdya asosiy xudolar — Vishnu va Shiva. Iudaizmdagi xudo — Yahva dastlab qabila xudosi va mahalliy xudo boʻlgan, qad. yahudiilarning birlashishi va Yahudiy podsholiginij tashkil etilishi bilan hamma yahudiylarning xudosiga, keyinchalik esa qudratli, yagona xudoga aylangan. Xristianlikda xudo mohiyatan yagona, lekin 3 qiyofada (ota xudo, oʻgʻil xudo, muqaddas ruh xudo) namoyon boʻladi. Islom dinida yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilinadi. Unga eʼtiqod qilish bu dinning asosiy aqidasi. Xudoga eʼtiqod qilish, xudodan qoʻrqish har qanday dinga xos.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy