Yevropa

Yevropa
Maydoni 10,180,000 km²
Aholisi 741,447,158 (2016)
Aholi zichligi 72.9/km2
Etnoxoronim Yevropalik
Davlatlar 50 ta
Tillar Ruscha, Nemischa, Fransuzcha, Italyancha, Inglizcha, Ispancha, Polyakcha, Ukraincha, Rumincha, Niderlandcha
Vaqt mintaqalari UTC−1dan UTC+5gacha
Yirik shaharlar Istanbul, Moskva, Parij, London, Madrid, Barselona, Sankt-Peterburg, Rim, Berlin, Milan

Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitʼa boʻlib, Shimolda Shimoliy Muz okeani, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda Oʻrta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismini oʻz ichiga oladi.

Yevropaning maydoni 10,1 million km2, shundan 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda Nordkin burni, janubda Marroki burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi. Yevropa hududining 25%ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari hisoblanadi. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya va Kritdir. Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli yemirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.Yevropa aholisining asosiy qismi fransuzlar tashkil etadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by razib.in