Maydoni | 55,000,000 km² |
---|---|
Aholisi | 5,262,489,285 (19-noyabr 2017)[1][2] |
Aholi zichligi | 93/km2 |
Etnoxoronim | Yevrosiyolik |
Davlatlar | ~93 ta |
Vaqt mintaqalari | UTC−1 dan UTC+12gacha |
Yirik shaharlar |
Xitoy Beijing |
Yevrosiyo, Yer sharidagi eng katta materik boʻlib, tarkibi Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat.[3][4] Yer maydoni 55 million km2, shundan 2,75 million km2'i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi gʻarbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%'i toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%'i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).[5][6]
Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „Buyuk Ipak yoʻli“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.[7]
Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta choʻqqining barchasi joylashgan. Qor chizigʻi eng balanddan oʻtgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) shu yerda. Eng chuqur va eng katta koʻli bor, eng uzun lianalar (300) ham shu yerda oʻsadi.