Xandaq jangi

Xandaq jangi

Xandaq jangi — Muhammad tarafdorlari (3000 kishi) tomonidan Madinani makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627 y.) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon alForsiy (655 y.v.e.)ning maslahatiga koʻra Muhammad paygʻambar shu paytgacha arablarga nomaʼlum boʻlgan, biroq forslarga maʼlum boʻlgan jang usullaridan biri — xandaq qazishga buyurgan. 3 haftalik qamaldan soʻng Abu Sufyon qoʻshini chekinishga majbur boʻlgan. Bu jang islom tarixida Xandaq jangi deb nom olgan.

Xandaq jangi (arab. — chuqur) - Muhammad rahbarliklaridagi musulmonlar bilan makkalik mushriklar oʻrtasidaga jang. 627 yilda makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askar bilan kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad tarafdorlari Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi bilan xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3 haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qoʻshinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi, musulmonlar gʻolib chiqadi. Bu islom tarixida Xandaq jangi deb nom oladi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy